O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoro viloyatida temir yoʼlni kesib oʼtayotgan fuqaroni poyezd urib yubordi.

Buxoro. Bugun, 2019 yil 05 dekabr kuni soat 04:55 larda elektrovoz mashinisti 32 yoshli R.T. boshqaruvidagi 3041-sonli yuk poyezdini Buxoro Mintaqaviy temir yoʼl uzeliga qarashli Yakkatut-Murgʼak bekatlari oraligʼidagi 4012 km. 1-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yoʼlni kesib oʼtayotgan piyoda 58 yoshli G.X.ni urib yuborganligi natijasida G.X. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari oʼrganilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Sizdan temir yoʼl yaqinida harakatlanayotganingizda yoki yoʼlni kesib oʼtayotganingizda belgilangan yoʼl harakati qoidalariga rioya qilishingizni soʼraymiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

--------------------------------------------------------------------------

Бухоро. Бугун, 2019 йил 05 декабрь куни соат 04:55 ларда электровоз машинисти 32 ёшли Р.Т. бошқарувидаги 3041-сонли юк поездини Бухоро Минтақавий темир йўл узелига қарашли Яккатут-Мурғак бекатлари оралиғидаги 4012 км. 1-пикетида ҳаракатлантириб кетаётган вақтида темир йўлни кесиб ўтаётган пиёда 58 ёшли Г.Х.ни уриб юборганлиги натижасида Г.Х. ҳодиса жойида вафот этган.

Мазкур ҳолат юзасидан терговга қадар текширув ҳаракатлари олиб борилмоқда ва ҳодиса сабаблари ўрганилмоқда.

Ҳурматли фуқаролар! Сиздан темир йўл яқинида ҳаракатланаётганингизда ёки йўлни кесиб ўтаётганингизда белгиланган йўл ҳаракати қоидаларига риоя қилишингизни сўраймиз.

Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech