O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bir nechta marta firibgarlik jinoyatlarini sodir etgan Surxondaryolik fuqaroga nisbatan sud tomonidan hukm oʼqildi.

Jinoyat ishlari boʼyicha Termiz shahar sudi firibgarlikda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan hukm chiqardi.

Muqaddam sudlangan B.K. oʼzining jinoiy harakatlarini 2017 yilda boshlagan, u oʼzganing mol-mulkini aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida fuqarolarga oʼzini goʼyoki Tashqi mehnat migratsiya xizmatining xodimi sifatida tanishtirib, poytaxtda yashovchi M.D.ni qonuniy tartibda Janubiy Koreya davlatida ishga joylashtirishga vaʼda berib, M.D.dan 2000 АQSh dollar pullarini olgan va bergan vaʼdasini bajarmasdan oʼzining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. 

Bundan tashqari, B.K. oʼzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2018 yilda hamqishloqlari G.N. va S.J.larni rasmiy ravishda qonuniy yoʼl bilan Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishini vaʼda qilib, ularni ham aldab 7.600 АQSh dollar pullari va fuqarolik pasportlarini qoʼlga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmasdan oʼzining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Oʼrgangan koʼngil oʼrtansa qoʼymas deganlaridek, B.K. oson boylik orttirishni oʼziga odat qilib, avvalgi jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilmaganligi sababli oʼzining jinoiy rejasiga koʼra analogik ravishda firibgarlik jinoyatlarini sodir etishda davom etib, aldov yoʼli bilan oʼzining hamqishloqlari Ch.N., B.N. va U.А.lardan jami 11.400 АQSh dollar miqdoridagi pullarni qoʼlga kiritishga erishgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan jinoyat ishi boʼyicha B.K.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi (hujjatlarni egallash yoki yashirish) bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

2019 yil 08 noyabrь kuni JIB Termiz shahar sudining hukmiga koʼra, B.K. yuqoridagi moddalar boʼyicha aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Oʼzbekiston Respublikasi huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech