Ishonchni suiistemol qilgan ishchi...
Аndijon. 2019 yilning kuz oylarida fuqaro 34 yoshli Z.J. tanishi 63 yoshli А.K., ga tegishli MChJning yurist-konsultanti ekanligidan foydalanib, А.K., ning ishonchini suiistemol qilib MChJga xarid qilingan qiymati 14.000.000 soʼm boʼlgan eshik va derazalarni oʼzining yashash xonadoniga olib borib oʼrnatib olgan.
Bundan tashqari, Z.J. oʼzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran, А.K. ning ishonchini suiistemol qilib, unga oʼziga nisbatan sud protsessi boʼlayotganligini aytib, zararni qoplash uchun jami boʼlib 200.000.000 soʼm pullar kerakligini aytib, ushbu miqdorda pullarni qaytarib berishini vaʼda qilib, qoʼlga kiritgan shu kunga qadar qaytarib bermaganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Termiz shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti