Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini ayol sifatida tanishtirgan erkak kishi ushlandi
Samarqand. 2020 yil 09 iyul kuni 26 yoshli M.E., “odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Shoxista Toxirova” nomli profil egasi go‘yoki o‘zini Andijon viloyati Marxamat tumanida yashovchi “Shoxista” ismli qiz sifatida tanishtirib, M.E., unga rasmlarini yuborganidan so‘ng, 5.000.000 so‘m pullarni M.E., bank orqali u aytgan plastik karta hisobiga tashlab bermasa, internet tarmog‘ida sharmanda qilishini aytib, 5.000.000 so‘m pullarni talab qilgan.
Samarqand viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, “odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘idagi “Shoxista Toxirova” nomli profil egasi aslida Samarqand tumanida yashovchi 44 yoshli F.X., ekanligi aniqlanib, M.E.,dan talab qilingan puldan maʼlum bir qismini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti