Tanishi o`gri bo`lib chiqdi
2018 yil 5 sentyabr kuni soat taxminan 08:30da fuqaro A.G. Toshkent shahar YUnusobod tumanida yashovchi tanishi A.S. ning uyiga mehmonga borib, uning uyidan 1000 AQSH dollari, 200.000 so‘m pul va “iRhone X” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida A.G. ismli shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti