O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakovning Andijon viloyatiga tashrifi natijalari
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan 2021 yil 14 oktabr kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov viloyat IIB 3-sonli Tergov hibsxonasida joylashgan 27-sonli saylov uchastkasiga tashrif buyurib, u yerdagi saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Saylov uchastkasida ovoz berish uchun saylovchilarga barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, xonalar kerakli anjomlar bilan jihozlanganligi o‘rganilib, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti