O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Odam savdosiga qarshi kurashish va jabrlanuvchilar himoyasi masalalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nodavlat tashkilotlarining hamkorligi” mavzusida hududlararo amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

2019 yil 6 avgust kuni “O‘zbekiston” mehmonxonasida “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan “Odam savdosiga qarshi kurashish va jabrlanuvchilar himoyasi masalalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nodavlat tashkilotlarining hamkorligi” mavzusida hududlararo amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari hamda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti, Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalari, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalari tergovchilari ishtirok etishdi.

Mazkur seminarni Tergov departamenti boshqarma boshlig‘i polkovnik Berdialiev Baxtiyor Erkinovich kirish so‘zi bilan ochib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5775-son Farmoni asosida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil qilingani va kommisiya yangi tarkibda tasdiqlanganligini ta’kidlab, mazkur Farmon odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimidagi muhim hujjat bo‘lganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Seminar davomida ishtirokchilar odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning echimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Kun davomida qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo’lgan mazkur seminar ishtirokchilarda yuqori taassurot qoldirdi va bu kabi seminar hamda uchrashuvlarni huquqni muhofa qiluvchi boshqa organlarni ham jalb qilgan holda tashkil etish haqida kelishib olindi.

Text to speech