O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mehnatlari munosib taqdirlangan xodim

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma toʼqqiz yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida” gi 28.08.2020 yildagi Farmoni bilan mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chogʼida mardlik, jasorat va fidoyilik koʼrsatgani uchun

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʼi
 

Xodjimatov Oybek Gulomidinovich

 

“Shuhrat” medali
davlat mukofoti bilan taqdirlandi

IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati va shaxsiy tarkibi Oybek Gulomidinovichni munosib mukofot bilan chin yurakdan tabriklaydi va kelgusidagi xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech