Namangan viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda
Joriy yilning 6 avgust kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik T.M.Mustafaev tomonidan Namangan shahri aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 21 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 14 tasi qanoatlantirildi, 6 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat berildi va 1 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra boshqa idoraga yuborildi.
O‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar fuqarolar dardini tinglash va ularni qiynab kelayotgan muammolarni qisqa fursat ichida imkon qadar ijobiy hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafaev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti