Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi
Joriy yilning 15 avgust kuni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Navbahor tumani aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida 10 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo’lib, 1 ta murojaatni o‘rganib chiqish uchun qo‘shimcha vaqt talab etilganligi bois, aniq muddat va mas’ul xodimlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. 8 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berilib, ariza
va shikoyatlarida ko‘tarilgan masalalar shu erning o‘zida ijobiy hal etildi hamda 1 ta murojaat tegishliligi yuzasidan boshqa idoraga yuborilishi ta’minlandi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.O.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti