Toshkent shahar Olmazor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 5 sentabr kuni Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Z.Q.Alimov tomonidan Olmazor tumani aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 10 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 4 tasi qanoatlantirildi, 4 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berildi va 2 ta murojaat tegishliligi bo’yicha ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlariga yo‘naltirildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Z.Q.Alimov tomonidan Toshkent shahrining barcha tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti