Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-son Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018 yil 28 noyabrdagi kengaytirilgan tarkibda o’tkazilgan yig’ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2019 yil 15 iyuldagi ““Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qo‘shma qaroriga asosan 2019 yil 1 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan 30 yoshdan oshmagan jami 25 nafar xodimlar ishtirokida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda qatnashchilarga “Temur tuzuklari” asaridan tayyorlangan 25 ta savolga javob topishlari uchun 12 daqiqa vaqt berildi.
Test natijalariga ko’ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi kadrlar guruhi katta inspektori kapitan Sultanbek Jarilkaganov faxrli birinchi o‘rinni egallab, kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi va keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.