O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘ona viloyati Qo’shtepa tumanida sayyor qabul o’tkazildi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik U.A.Ismailov tomonidan Qo‘shtepa tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 13 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 7 tasi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi, 3 tasi bo’yicha mas’ullar belgilanib, ijroga qaratildi hamda 3 nafar fuqarolarning murojaatlari shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar fuqarolar dardini tinglash va ularni qiynab kelayotgan muammolarni qisqa fursat ichida qonun doirasida imkon qadar ijobiy hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik U.A.Ismailov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech