Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi
Joriy yilning 12 avgust kuni Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik R.A.Ashrapov tomonidan Pastdarg‘om va Nurobod tumanlari aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 9 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi qanoatlantirildi va 3 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, mutasaddi tashkilot rahbarlariga mazkur murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik R.A.Ashrapov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti