O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi

Joriy yilning 9-10 avgust kunlari Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Y.J.Isabaev tomonidan Nurafshon va Bekobod shaharlari hamda O‘rtachirchiq, Piskent, Bo‘ka va Bekobod tumanlari aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 18 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 14 tasi qanoatlantirildi, 2 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi va 2 ta murojaat huquqiy maslahat berish orqali hal etildi.

Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Y.J.Isabaev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech