O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari “Temuriylar davlati tarixi” muzeyiga tashrif buyurdi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari xodimlarining madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 7 sentabr kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari “Temuriylar davlati tarixi” muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida xodimlar buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temurning hayoti, harbiy yurishlari, davlat boshqaruv san’ati haqidagi ma’lumotlar va shu davrga oid nodir buyumlar hamda durdona san’at asarlari bilan tanishib, muzey xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Mazkur tashrif Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech