O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuvlar davom ettirilmoqda

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining koʼrsatmasi boʼyicha xodimlar tomonidan xizmat va ijro intizomiga qatʼiy rioya qilish, qonunbuzulish hollarini sodir etmaslik maqsadida ishlab chiqilgan dasturga asosan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida ishlab kelayotgan xodimlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar oʼtkazish davom ettirib kelinmoqda.

Аna shunday uchrashuvlardan biri bugun yaʼni 12 iyun kuni Toshkent shahrining Bektemir, Yashnabod va Uchtepa tumanlari boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlinmalarining barcha shaxsiy tarkibi va ularning ota-onalari bilan oʼtkazildi.

Uchrashuv davomida IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosarlari N.Tulabaeva va D.Mirsodiqovlar tomonidan tergovchilar orasida xizmat intizomi hamda qonun buzish holatlarini sodir etilishini oldini olish boʼyicha xodimlar va ularning oila aʼzolariga tushuntirish hamda tavsiyalar berildi.

Yigʼilish davomida Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti kadrlar boʼlinmasi boshligʼi podpolkovnik J.А.Djalilov ham ishtirokchilarga qonunbuzilish salbiy holatlari hamda ularning ayanchli oqibatlari haqida atroflicha soʼzlab, barchani ogohlikka chaqirdi.

Ushbu yoʼnalishdagi ishlar kelgusida Toshkent shahrining boshqa tumanlari va Respublikaning barcha viloyat IIBlari huzuridagi Tergov boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech