O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-son Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018 yil 28 noyabrda kengaytirilgan tarkibda o’tkazilgan yig’ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2019 yil 15 iyuldagi ““Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qo‘shma qaroriga asosan 2019 yil 2 avgust kuni  Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda qatnashchilarga “Temur tuzuklari” asaridan tayyorlangan 25 ta savolga javob topishlari uchun 12 daqiqa vaqt berildi. 

Test natijalariga ko’ra, Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumani Ichki ishlar bo’limi huzuridagi Tergov bo’limi katta tergovchisi katta leytenant Shoxrux Safarov faxrli birinchi o‘rinni egallab, birinchi darajali diplom va qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlandi hamda keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Text to speech