O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yosh tergovchining a’lo xizmatlari IIV tomonidan munosib baholandi

Kapitan Sardorbek Nurmatov endi 26 yoshga kirdi. Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida tug‘ilgan yigit IIV Akademiyasining tergov faoliyati yo‘nalishini tamomlagan. Hozirda Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi surishtiruv ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi tergovchisi lavozimida xizmat qilmoqda.

– Sardor izlanuvchan, zamonaviy axborot texnologiyalarini yaxshi biladigan, ko‘p kitob o‘qiydigan xodimlardan biri, – deydi viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergov faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sarvar Turdiev. – U asosan ko‘p epizodli va murakkab jinoyat ishlarini tergov qiladigan va o‘z oldiga qo‘yilgan talablarni to‘liq bajaradigan mutaxassis sifatida tanilmoqda. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondashadigan Sardor faoliyati mobaynida 300 ga yaqin jinoyat ishini tamomlab, tegishli sud organlariga yuborilishini ta’minladi, to‘rt nafar qidiruvdagi shaxsni ushlashda tashabbus ko‘rsatdi.

Namunali xizmat faoliyati uchun Ichki ishlar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati IIB tomonidan bir necha marotaba rag‘batlantirilgan kapitan Sardorbek Nurmatov turli ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarda munosib qatnashib, mutasaddi tashkilotlar tomonidan qator diplom, tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan ham taqdirlangan.

Joriy yilda u O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan «Harbiy vatanparvarlar» targ‘ibot-tashviqot guruhi safida respublikamiz bo‘ylab barcha viloyatlarda o‘tkazilgan tadbirlarda faol qatnashdi. Yoshlar siyosatini amalga oshirishdagi jonbozligi, yosh xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi IIV tomonidan munosib e’tirof etilib, «A’lo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Izlanish, yaxshi niyat va fidoyilik hamisha insonga muvaffaqiyat keltirishi hayotda juda ko‘p marotaba isbotlangan. Buni kapitan S. Nurmatovga berilgan mukofot misolida ham ko‘rish mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech