O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q

Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari xodimlariga buyuk ajdodlarimizga hurmat ruhini singdirish, ularda vatanparvarlik, halollik va fidoiylik xislatlarini yanada rivojlantirish maqsadida har haftada bir marotaba muzey, tarixiy obida va ziyoratgohlarga tashrif buyurishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, joriy yilning 6 sentyabr kuni Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari xodimlari Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘ida joylashgan Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li Xuvaydo ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ziyoratgoh vakilining Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li Xuvaydoning hayoti va ijodi to‘g‘risidagi ma’ruzasi hamda uning tasavvuf ilmiga doir g‘azallari tinglanib, u to’g’risida to’liq ma’lumotlar olindi.

Mazkur tashrif Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech