HAMKASBLARI VA SHOGIRDLARI EʼZOZIDA
Kuni kecha IIV huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi, podpolkovnik Vladimir Tyan Tergov departamenti rahbariyati tomonidan yashash xonadoniga tashrif buyurishib hurmat bilan nafaqaga kuzatildi.
Uzoq yillar mobaynida tergov sohasida samarali xizmat qilgan bu inson o‘zining boy tajribasi va malakasi bilan tizimdagi yosh xodimlarga namuna bo‘lib kelayotgani ayni haqiqatdir. Chunki, u qaysi lavozimda faoliyat yuritmasin avvalo, xalq manfaatini va osoyishtaligi yo‘lida kerak bo‘lsa, jonini ham fido qilishga tayyor edi.
Shu boisdan, el suygan bu inson qayerda va qaysi lavozimda xizmat qilmasin, odamlarning ichiga kirib, ularning dardu tashvishlarini bartaraf etishda beminnat yordam ko‘rsatardi. Shu sababli ham Vladimir Tyanni bilgan va taniganlarning hammasi qattiq hurmat qilishadi.
Muallif: Tergov deraptamenti katta tergovchisi
mayor G‘.Nabiyev
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti