O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan sayyor qabul tashkil etildi

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18-mart kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Ilhom Fayzullayev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolardan jami 16 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 12 tasi joyida ijobiy hal etildi. 2 ta murojaat yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rib chiqish talab etilgan 2 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.

O‘zbekiston Respubikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech