O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijon viloyatida ichki ishlar hamda prokuratura organlari tizimida faoliyat yuritayotgan tergov xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

Andijon viloyatida tergov faoliyatini yanada takomillashtirish va uni yangi bosqichga ko‘tarish, ichki ishlar hamda prokuratura organlari tizimida faoliyat yuritayotgan tergov xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi birinchi o‘rinbosari Alisher Usmanov, viloyat sudyalari, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, viloyat IIB hamda uning quyi tuzilmalari tergovchi va surishtiruvchilari, viloyat prokuraturasi mas’ul rahbarlari, tuman va shahar prokurorlarining sohaviy o‘rinbosarlari hamda tergovchilari ishtirokida tashkil etilgan mazkur seminarda tergov jarayonlarini takomillashtirish, ish yuritishda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, dalillarni to‘plash va baholash sifatini oshirish, bo‘yicha bilim ko‘nikmalari yetkazildi.

Shuningdek, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, raqamli izlarni aniqlash, ularni to‘g‘ri protsessual rasmiylashtirish, elektron ma’lumotlarni saqlab qolish va qonuniy tartibda mustahkamlash, tergov harakatlarini o‘tkazishda raqamli kriminalistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, kiberjinoyatlarni fosh etishda tezkor ma’lumot almashinuvini ta’minlash, elektron qurilmalar va onlayn platformalar bilan ishlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar muhokama qilindi.

Mashg‘ulot munozara, amaliy misollar va savol-javob tarzida tashkil etildi.

Bunday o‘quv-amaliy seminarlar hududlarda muntazam tashkil etilib, tergov sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech