O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i Farruh Omonov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov ham ishtirok etdi.

Prezidentimizning "Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 51-sonli Farmoniga asosan, Qarshi shahrini murojaatlar bilan ishlash va xalqni rozi qilish bo‘yicha namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

Farmonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlari tomonidan har chorakda kamida bir marta ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali murojaatlar bilan ishlash faoliyati, hududda muammolarni hal qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, kelgusida bajariladigan ishlar va rejalar haqida keng jamoatchilikka batafsil axborot berib borish belgilangan edi.

Shu maqsadda, viloyat hokimi Murotjon Azimov bugungi murojaatlar holati, aholi murojaatlaridagi tizimli muammolar va ularning yechimi yuzasidan rejalari haqida batafsil axborot berdi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilar tomonidan, Prezidentimiz Farmoni ijrosi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘nikmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech