O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergovchining tashabbusi bilan armrestling bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi

Joriy yilning 14 sentyabr kuni Mirobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi, boshqarmaning O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar bo‘yicha yetakchisi Sirojiddin Ishpulatov  tashabbusi bilan Mirobod tumani 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabining sport bazasida Mirobod tuman IIO FMBda xizmat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan jami 64 nafar yosh xodimlar o‘rtasida sportning armrestling turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan bellashuvlar natijasiga ko‘ra g‘olib hamda sovrindorlar medal, diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, mazkur musobaqani tashkillashtirgan Sirojiddin Ishpulatov O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Bu kabi sport musobaqalarining muntazam ravishda o‘tkazib borilishi ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish hamda ular orasidan sport ustalarini yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech