O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan tumandagi 57-sonli umumtaʼlim maktabida huquqiy-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvlarda Asaka tuman hududida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar bo‘yicha tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar o‘qib eshittirildi.

Xususan, tan jarohati, o‘g‘irlik, firibgarlik, talonchilik, kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositalari, terrorizm va diniy mazmundagi materiallarni tarqatishning huquqiy oqibatlari hamda ular uchun belgilangan javobgarliklar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Hozirda bu kabi huquqiy-targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Text to speech