Qashqadaryo viloyati IIBda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov va viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilovlar ishtirokida 2026 yil uch oy yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat hamda shahar-tuman IIB rahbarlari ishtirokida 2026 yil uch oy yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari so‘zga chiqib, viloyatdagi kriminogen vaziyat haqida axborot berdi.
So‘ng viloyat hududida sohaviy xizmatlar va ichki ishlar bo‘limlari tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar faoliyatlari tanqidiy-tahlil etildi.
2026 yil uch oy davomida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar uchun xavfsiz muhitni yaratish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qarorining mazmun-mohiyati, ijrosini ta’minlashda yettilik va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikni mustahkamlash lozimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti