Ichki ishlar organlarining tergov-tezkor guruhlari maxsus avtomashinalar bilan to‘liq ta’minlandi
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 10 yanvar kuni Toshkent shahrida ichki ishlar organlari faoliyati bilan tanishish davomida Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB 7-son IIBda bergan topshiriqlari asosida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 apreldagi 245-f-son farmoyishi qabul qilindi.
Mazkur farmoyish talablari ijrosi hamda tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilish, hodisa joyini sifatli ko‘zdan kechirish, tergov harakatlarini hodisa sodir bo‘lgan joyning o‘zida innovatsion texnika vositalaridan foydalangan holda amalga oshirish, jinoyatlarning “issiq izi”dan fosh etishni ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi tomonidan tergov-tezkor guruhlari uchun 16 dona maxsus transport vositalari ajratilib, zarur asbob-uskunalar, xususan, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, uchuvchisiz uchadigan apparatlar (dron) va boshqa zaruriy texnik vositalar bilan jihozlandi.
Mazkur maxsus transport vositalari kelgusida xizmatda foydalanish uchun 2019 yilning 29 iyun kuni vazirlik huzuridagi Tergov departamenti Boshqarma boshlig‘i polkovnik B.E.Berdialiev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyat IIBB, viloyatlar IIB hamda Transportda XTBBlarga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti