Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q
Joriy yilning 22 oktabr kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy-ma’rifiy muassasadir (1876 y.) Ko‘p tarmoqli ilmiy dargoh bo‘lgan bu muzey ilmiy-tadqiqot instituti, moddiy, ma’naviy va madaniy yodgorliklarning bebaho xazinasi, tarixiy bilimlar targ‘iboti markazi hisoblanadi.
Muzey xalqaro ko‘rgazmalarda muntazam qatnashib keladi. Muzeyga o‘n minglab insonlar tashrif buyuradi, ular uchun ekskursiyalar, ma’ruzalar va tadbirlar uyushtiriladi. Muzeyning jamoatchi faollari orasida taniqli siyosatchilar, olimlar, yozuvchilar, faxriylarni uchratish mumkin.
Tashrif chog‘ida xodimlar O’zbekiston tarixiga oid eksponatlar bilan tanishib, muzey xodimlaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti