O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Биринчи ўзбек космонавти Солижон Шарипов таъсисчилигидаги “Megatek-Avto” МЧЖ мансабдор шахсларига нисбатан қўзғатилган жиноят иши юзасидан РАСМИЙ МУНОСАБАТ

2020 yilning 03 dekabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan “Megatek-Avto” MCHJ ulushdorlari bilan bog‘liq holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, keyingi tergov harakatlarini olib borish uchun Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.

O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, joriy yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1,2-bandlariga asosan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mazkur qaror Bosh prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilib, 2021 yil 29 aprel kuni bekor qilingan.

Dastlabki tergov jarayonida mol-mulkka qo‘yilgan taqiq yechilganligi holati yuzasidan Tergov departamenti tomonidan xizmat tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Haqiqatni aniqlash va holatga qonuniy baho berish maqsadida, jinoyat ishi IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituviga olinib, Megatek-Avto MCHJ hamda jinoyat ishiga aloqador “Grand Ravon Oil” MCHJ va “Vodiy Grand Optima” MCHJlarning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yildi.

Mazkur jinoyat ishi Tergov departamenti tomonidan alohida nazoratiga olingan va tergov natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech