O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Hurmatli fuqarolar! Is gazidan ehtiyot boʼling!

Statistik maʼlumotlarga koʼra, respublikada soʼngi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir boʼlgayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bogʼliq.

Baraka topgurlar, iltimos, isitish anjomlaridan toʼgʼri foydalaninglar, hayotingiz bu darajada arzon emasku axir.

Is gazi organizmga nafas aʼzolari orqali taʼsir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning toʼqimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, ogʼir holatlarda esa - anoksiyaga olib kelishi hamda shu tariqa inson hayotdan koʼz yumishi mumkin.

Tahlillarga koʼra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga koʼra yuzaga kelmoqda:

fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilgʼi (koʼmir, oʼtin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;

nostandart (qoʼlbola yasalgan) yoki sertifikatga ega boʼlmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;

isitish pechlarining dudburonlarini notoʼgʼri oʼrnatish;

gaz yoki boshqa muqobil yoqilgʼiga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;

havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (koʼmir va oʼtin choʼgʼlari)dan foydalanish;

havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (toʼsib) qoʼyish.

Yuqorida koʼrsatib oʼtilgan sabablarga koʼra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilgʼi (gaz, koʼmir, oʼtin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi hosil boʼladi.

Bunday sabablarning kelib chiqishiga yoʼl qoʼymang! Is gazidan zaharlanishdan ogoh boʼling!

Quyidagi suratlardagi maslahatlarga amal qiling!

Favqulodda holatlarda quyidagi raqamlarga qoʼngʼiroq qiling:

101 - Yongʼin xavfsizligi xizmati
103 - Tez tibbiy yordam
104 - Gaz avariya dispetcherlik xizmati
1050 - Qutqaruv xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech