O‘quv-seminarlari tergov bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda
Bugun Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi mas’ulligida “Voyaga yetmaganlar bilan bog’liq jinoyatlarni tergov qilishning o’ziga xos xususiyatlari, voyaga yetmaganlar bilan protsessual harakatlarni o’tkazish tartibi, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularni hal etish yo’llari” mavzusida o‘quv-seminar mashg’uloti bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Tergov departamenti va uning quyi tizimlari xodimlari, jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudi raisi Sh.Quvvatov, viloyat prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari J.G’afurov, Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti L.Olimov hamda kafedra katta o’qituvchisi O.Avezov, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha Buxoro shahar idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi A.Raxmatov, Buxoro shahar “Uni legal tro” advokatlik byurosi advokati N.Mo’minovlar ishtirok etishdi.
Seminarni Tergov departamenti boshqarma boshlig‘i polkovnik B.Berdialiyev ochib, voyaga yetmaganlar bilan bog’liq jinoyatlarni tergov qilishning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi fikr va mulohazalarini bayon etdi.
Shundan so‘ng, seminarga taklif etilgan mehmonlar mavzuga doir o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi hamda seminar savol-javob shaklida davom ettirilib, ishtirokchilar voyaga yetmaganlar bilan protsessual harakatlarni o’tkazish tartibi, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularning echimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.
Hozirda reja asosida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti