Bo‘zatov tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2022 yil 10 iyun kuni Bo‘zatov tumani “Ko‘ksuv” Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 13-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining maʼmuriy binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Utemuratov tomonidan Bo‘zatov tumani aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilgan bo‘lib, buning uchun tuman IIB rahbariyati qatnashishlari taʼminlandi.
Qabul davomida, boshqarma boshlig‘i A.Utemuratov tomonidan jami 18 nafar fuqarolarning ijtimoyi-iqtisodiy, bandlik va boshqada masaladagi murojaatlari qabul qilinib, ulardan 3 tasi joyida ijobiy hal qilinib, kam taʼminlangan 1 nafar fuqaroga elektr pechkasi, 2 nafar fuqarolarga ehtiyojlari uchun zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari berilib, qolgan 15 nafar fuqaroning murojaatlari ijroga qaratilgan.
Hozirgi vaqtda tasdiqlangan reja asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti