O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oliy Majlis Senati delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasiga yetib keldi

Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisining taklifiga binoan 2019-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oliy Majlis Senati delegatsiyasi qo‘shni mamlakatga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Nur-Sulton shahrining xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi o‘rinbosari A. Shakirov, O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi S. Nizamxodjayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldilar.

Tashrif davomida Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti rahbariyati va senatorlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, ikki tomonlama hamkorlik kun tartibida turgan, shu jumladan parlamentlararo aloqalarga doir dolzarb masalalar muhokama etiladi.

“2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) imzolash rejalashtirilmoqda.

Text to speech