O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida sayyor qabul o’tkazildi

Joriy yilning 18 sentyabr kuni Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik K.I.Gaffarov tomonidan Denov tumanidagi 89-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 18 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 7 tasi qanoatlantirildi.

Xususan, fuqaro A.Bo’riyevning Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan qo’zg’atilgan jinoyat ishi bo’yicha o’ziga tegishli bo’lgan “VAZ-2107” rusumli avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish yuzasidan qilgan murojaati joyida qanoatlantirilib, mazkur avtomashina jarima maydonchasidan chiqarib berildi.

Bundan tashqari, qabul jarayonida kelib tushgan 5 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat berildi va 6 ta murojaatni o’rganish uchun qo’shimcha vaqt talab etilganligi bois ijrochilar belgilanib, nazoratga olindi.

Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik K.I.Gaffarov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech