Yolg‘on detektori
Qadimda turli xil millatlar yolg‘on gapirayotgan shaxslarni aniqlash uchun hozirda qo‘llanib kelinayotgan va yolg‘onni aniqlash uchun mo’ljallangan detektorlarning ishlash prinsiplaridan foydalanishgan. Xitoyliklar odamning og‘ziga bir xovuch guruchni solib, keyin esa tupurishni buyurishgan. Arablar esa qaynoq holatdagi xanjarni yalatib ko’rishgan. Agarda gumon qilinuvchi guruchni tupurib tashlaganidan so’ng guruch quruq holatda bo‘lsa yoki xanjar gumon qilinuvchining tilini kuydirsa - uning og‘zi qurigan bo’lib, shaxsning yolg‘on gapirganini bildirgan.