Hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi
Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy hal qilish, fuqarolarni rozi qilish borasida doimiy ravishda qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 28 avgust kuni 3 ta fuqarolarning tergovga qadar tekshiruv hamda jinoyat ishlari bo‘yicha bildirgan murojaatlari o‘rganib chiqilib, murojaatlarni ijobiy hal qilish bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berilishi taʼminlandi.
Hozirgi kunda Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan belgilangan rejaga asosan fuqarolarni murojaatlari bo‘yicha qabullar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti