Ellikqalʼa tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2022 yil 13 may kuni Ellikqalʼa tumani “Ellikqalʼa” ovul fuqarolar yig‘ini maʼmuriy binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratov va Ellikqalʼa tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik U.Sitmuratovlar tomonidan Ellikqalʼa tumani aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratov tomonidan jami 9 nafar fuqarolarning turli masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi, ulardan 7 ta murojaatdagi vajlar qanoatlantirilgan bo‘lsa, 2 ta murojaat bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabuldagi murojaatlar sud-huquq hamda kundalik turmush munosabatidagi ayrim masalalarga taalluqli ekanligi aniqlandi.
Barcha fuqarolarning arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti