Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati tomonidan shaxsiy qabul o‘tkazildi
Aholi muammolarini tinglash va ularga yechim topish, murojaatlarni o‘z vaqtida hal qilish maqsadida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Ilxom Fayzullayev boshchiligidagi mazkur tadbirda aholining ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq muammolari atroflicha o‘rganilib, har bir murojaat bo‘yicha qonunchilik doirasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Ayrim masalalar yuzasidan masʼul xodimlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Bunday uchrashuvlar ichki ishlar organlari tizimida ochiqlik, shaffoflik va fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish orqali ularning IIOga ishonchini mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati