O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fidoiy xizmat uchun munosib rag‘bat — Tergov boshqarmasining eng faol xodimlari rag‘batlantirildi

Kuni kecha Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2021 yilning bugungi kuniga qadar tizimda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov boshchilik qilib, dastlab, Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan 2021 yilning o‘tgan 6 oyida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Jarayonda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokamaga qilindi.

Shundan so‘ng, aksincha o‘tgan 6 oy davomida jinoyat ishlarini namunali tergov qilish, fuqarolarni manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan tergov bo‘limlari va xodimlari eʼtirof etilib, rag‘batlantirish tariqasida qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Unga ko‘ra, eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan tergov bo‘limi - O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi;

Jinoyatlarni fosh etishda namunali natijalari uchun - Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limlari televizor va boshqa esdalik sovg‘alar bilan mukofotlandi.

Shu bilan birga hamkasblari orasida namuna bo‘lib, eng yaxshi natijalarni qayd etib kelgan xodimlar;

Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruvchisi mayor Zokirova Nasiba Zokirovna,

O‘rtachirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruvchisi leytenant Jalolov G‘iyosiddin Ikromiddin o‘g‘li,

Oqqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi leytenant Boboqulov Jasurbek Haqnazar o‘g‘li,

Chinoz tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i mayor Normatov Akmal G‘ayratovich,

Ohangaron tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i kapitan Imomov Bahriddin Tolibovichlar eʼtirof etilib, ularga Tergov departamentining ramziy belgisi bilan esdalik qo‘l soatlari topshirildi.

Tadbir davomida IIV Akademiyasining «Tergov yo‘nalishi» bo‘yicha tamomlab tizimda xizmatni boshlayotgan 26 nafar yosh xodimlar shaxsiy tarkibga tanishtirilib, ularning har biriga xizmatda foydalanish uchun ish qurollari jamlanmasi to‘liq jihozlangan holda topshirildi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatiFidoiy xizmat uchun munosib rag‘bat — Tergov boshqarmasining eng faol xodimlari rag‘batlantirildi

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

Text to speech