Fuqarolarning murojaatlari navbatdagi virtual qabulda ijobiy hal etildi
Joriy yilning 02 dekabr kuni Tergov departamenti raxbariyati tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning tergov bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasida 1 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasini tashkil etadi.
Murojaatlarning 2 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi 1 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti