O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 13 sentabr kuni Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Y.A.Abdulxakov tomonidan G‘allaorol tumani 15-sonli musiqa va san’at maktabi binosida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 13 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi joyida ijobiy hal etildi va 7 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yuborildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Y.A.Abdulxakov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech