Huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘lida
Bugungi kunda Tergov departamenti va uning quyi tizimlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 17 sentyabr kuni Andijon viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari rahbar xodimlari tomonidan kasb-hunar kollejlari, litsey hamda maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, “Yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurash”, “Firibgarlarga aldanib qolmang!”, “Korrupsiya – asr vabosi”, “Odam savdosiga qarshi kurash” kabi mavzularda dars mashg‘ulotlari o‘tildi.
Bu kabi dars mashg‘ulotlarining muntazam ravishda o‘tkazib borilishi, yoshlarning huquqiy bilimi, ongi va madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti