“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 18 oktabr kuni Tergov departamenti o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Sobirzoda Oripov tomonidan Olmazor tumani 224-sonli umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Sobirzoda Oripov maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasining 29.09.2010 yilda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun va mohiyati, bugungi kunda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari hamda oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, o‘quvchilar e’tiboriga voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tayyorlangan videolavha namoyish etildi.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlarining muntazam ravishda o‘tkazib borilishi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti