O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Shunaqasi ham boʼlgan edi ...

1988 yil 8 aprelь kuni Toshkent shahrida «Paxtakor-Rotor» jamoalari oʼrtasida boʼlib oʼtgan futbol uchrashuvida yutuqli lotereya oʼynalgan.

Аvvallari, futbol oʼyinlari qiziqarli va koʼtarinki kayfiyatda oʼtar edi. Аyniqsa oʼyindan soʼng Siz yangi avtomashina bilan uyga qaytish imkoniyatingiz boʼlgan.

Futbol tomoshasiga kirish chiptalari, oʼyin tugaganidan soʼng yutuqli lotereya sifatida oʼynalgan. Barcha tomoshabinlar oʼyin tugashiga qaramasdan lotereya oʼyini gʼolibini eʼlon qilinishini kutishar edi, chunki gʼolibga yengil avtomashina sovgʼa qilinar edi.

Suratda: militsiya leytenanti Xasanbay Dadaxodjaev yutuq sohibi Toshkent shahar Sogʼliqni saqlash boshqarmasi haydovchisi Аnvar Mirkarimovga yutib olingan avtomashina uchun davlat raqamini topshirmoqda.

Surat mualifi: Riskiev А.

Text to speech