O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi faoliyatini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda viloyatning Boysun, Sherobod, Muzrobod va Angor tumanlari IIBlariga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan so‘rovxonalar faoliyatining ahvoli hamda Tergov bo‘linmalari xizmat faoliyatini o‘rgandi.

Jumladan, vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan IIVning 16.06.2020 yilgi “Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida ishlar samaradorligini yana-da oshirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda Tergov departamentining 24.06.2020 yilgi ko‘rsatma bandlarining ijrosi bo‘yicha, IIBlarda tashkil etilgan so‘rovxona faoliyatining umumiy ahvoli, Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalari  yaʼni Boysun, Sherobod, Muzrobod va Angor tumanlarining xizmat xonalariga o‘rnatilgan audio va videokuzatuv kameralarining ishlash ahvoli, shuningdek, tergov bo‘linmasida tashkil qilingan advokatlar xonasi bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kelgusida xizmat faoliyatini yana-da yaxshilash hamda tergov sifatini yana-da oshirish bo‘yicha bir qator aniq manzilli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Tashrif davomida, Surxondaryo viloyati hududida ijtimoiy, iqtisodiy va kriminogen vaziyatning barqarorligini, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash maqsadida bugungi kunda sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarning hudud tajribasi yaratilib, amaliyotga joriy etilayotganligi o‘rganildi.

03.04.2021 yilda esa Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tashkil etilgan “huquq-targ‘ibot maskani” (102) tizimi bilan yaqindan tanishib, ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida to‘xtalib, 2020 yil davomida viloyat hududidagi kriminogen vaziyatdan kelib chiqqan holda eng ko‘p jinoyat sodir etilgan qizil hududga kiritilgan 142 ta mahalladan kriminogen vaziyati og‘ir jinoyat salmog‘i yuqori bo‘lgan 29 ta mahallalarda faqatgina hududiy profilaktika inspektorlari faoliyat olib borgani, 12.02.2021 yildagi Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng hozirgi kunda yuqoridagi mahallalarga qo‘shimcha 272 nafar, har bir mahallaga ko‘pi bilan 10 tagacha shaxsiy tarkib biriktirilganligi to‘g‘risida to‘xtatlib o‘tib, masʼullarga ishni tashkil etishga oid ko‘rsatmalar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech