Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari polkovnik Ya.А.Аbdulxakov Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari faoliyatini oʼrgandi
Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari Ya.А.Аbdulxakov joriy yilning 06-07 aprelь kunlari Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Yangiyoʼl, Chinoz, Quyichirchiq, Oqqoʼrgʼon, Boʼka, Bekobod, Аngren, Olmaliq, Piskent, Ohangaron shahar-tuman IIB larga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan soʼrovxonalarning ahvoli hamda Tergov boʼlinmalari xizmat faoliyatini oʼrgandi.
Jumladan, vazir oʼrinbosari Ya.А.Аbdulxakov tomonidan IIVning 16.06.2020 yildagi “Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda xizmat intizomi
va qonuniylikni mustahkamlash borasida ishlar samaradorligini yanada oshirish toʼgʼrisida”gi Farmoyishi hamda Tergov departamentining 24.06.2020 yildagi koʼrsatma bandlarining ijrosi boʼyicha, IIBlarda tashkil etilgan soʼrovxona faoliyatining umumiy ahvoli, tergov boʼlimlarining xizmat xonalariga oʼrnatilgan audio va videokuzatuv kameralarining ishlash ahvoli, shuningdek, advokatlar xonasi bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni oʼz vaqtida bartaraf etish, kelgusida xizmat faoliyatini yanada yaxshilash hamda tergov sifatini oshirish boʼyicha bir qator aniq manzilli topshiriq va koʼrsatmalar berdi.
Vazir oʼrinbosari Ya.А.Аbdulxakov tomonidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy boʼlinmalarining ish faoliyatini oʼrganish davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti