Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i birinchi o‘rinbosari B.O. Jalolov raisligida Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i birinchi o‘rinbosari B.O. Jalolov raisligida Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan o‘tgan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari hamda xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida tergov sifatini yana-da oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, tegishli topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti