Ichki ishlar vazirligining axboroti
- Toshkent shahrida – 1 046 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 632 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 772 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 406 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 712 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 346 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 463 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 115 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 229 ta holat;
- Farg'ona viloyatida – 951 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 169 ta holat;
- Namangan viloyatida – 630 ta holat;
- Andijon viloyatida – 456 ta holat;
- Qoraqalpog'iston Respublikasida 230 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Misol uchun, joriy yilning 26 mart kuni soat 16:00 larda Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Nazarbek Q.F.Y., Xarakat mahallasida yashovchi 2002 y.t., fuqaro K.S. Zangiota tumani hududida, maxsus himoya niqobisiz, jamoat joyida yurganligi aniqlangan.
27 mart kuni soat 09:50 larda Samarqand viloyati, Urgut tumani “Soyguzar” mahallasida yashovchilar 1976 y.t., fuqaro U.Q. hamda 1977 y.t., fuqaro Z.K.lar Urgut tumani Soyguzar mahallasi hududida maxsus himoya niqobisiz, jamoat joyida yurganliklari aniqlangan.
27 mart kuni soat 21.00 larda Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Do'stlik M.F.Y.da yashovchi 1995 y.t., fuqaro I.A. umumiy ovqatlanish va ko'ngilochar joylar faoliyatini vaqtinchalik to'xtatib turish to'g'risida ogohlantirilgan bo'lishiga qaramasdan, shu hududda joylashgan o'ziga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida 5 nafar mijozlarga xizmat ko'rsatayotganligi aniqlangan.
YUqoridagi kabi holatlar yuzasidan huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo'llangan.
Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.