O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ijtimoiy tarmoqlarda: “Xorazm viloyati Gurlan tumanida “samosud”” nomi ostida tarqalgan videoyozuv boʼyicha maʼlumot

Аniqlanishicha, joriy yilning 24 iyul kuni soat taxminan 12:00 larda 26 yoshli I.O., oʼzining tanishi 20 yoshli Yu.T.,(ayol) bilan uchrashgan vaqtida, ushbu holatni I.O.,ning turmush oʼrtogʼi 24 yoshli M.S.(ayol)ning dugonalari koʼrib qolib, telefon orqali bu haqda M.S., ga xabar berib, uni chaqirishgan hamda fuqaro Yu.T.(ayol)ni ushlab olib, turli xil uyatli soʼzlar bilan xaqorat qilib janjal qilishgan va M.S.(ayol) fuqaro Yu.T.(ayol)ni tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan.

Ushbu janjal vaqtida M.S.,ning dugonalaridan biri oʼzining uyali telefon apparati orqali videotasvirga olib, keyinchalik mazkur videolavhani “telegram” messenjeri orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu oʼrinda, fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi holatlarda oʼzboshimchalik bilan harakat qilib, xato qilganlarni oʼzlari jazolashga urinmasliklarini, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini soʼraymiz. Bundan tashqari, bu kabi holatlar tasvirlangan videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan fuqarolarimizga eslatma:
Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksining 1891-moddasi va Jinoyat kodeksining 1301-moddalarida koʼrsatilgan “Zoʼravonlikni yoki shafqatsizlikni targʼib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish” kabi maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech